Guliston shahar hokimi iste’fo berdi
Jamiyat
−
07 fevral
6966Sirdaryo viloyatining Guliston shahar hokimi To‘lqinjon To‘lanovich Dadaboyev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Dadaboyevning lavozimini tark etishiga uning sog‘ligidagi muammolar sabab bo‘lgan va u o‘z arizasiga binoan lavozimdan ozod etilgan.
Guliston shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G‘ayrat Ahmadovich Botirov zimmasiga yuklatilgan.
Ma’lumot uchun, To‘lqinjon Dadaboyev Guliston shahar hokimi lavozimida 2019 yil 25 fevraldan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatidagi Ohangaron shahrining hokimi Akrom Jo‘rayevich Eshonqulov kecha, 6 fevral kuni o‘z arizasiga ko‘ra faoliyatini yakunlagan edi.
LiveBarchasi