Guliston hokimining sobiq o‘rinbosari 9 yilga qamaldi
3-sahifa
−
09 yanvar
6061Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimining sobiq o‘rinbosari Qodir Dodoyev firibgarlik jinoyatini sodir qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi. QALAMPIR.UZ sud hukmi bilan tanishdi.
Hujjatda keltirilishicha, o‘zgalarning mulkini firibgarlik yo‘li bilan ko‘lga kiritish va noqonuniy yo‘llar bilan daromad orttirish maqsadida Guliston shahar hokimi o‘rinbosari, investitsiya va tashki savdo bo‘limi boshlig‘i va Toshkent tumanida yashovchi shaxslarga oldindan jinoiy til biriktirgan.
Ular Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari Q.D. va X.Z.ning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish rejalaridan voqif bo‘lib, ularga parrandachilik, baliqchilik va boshqa faoliyatini amalga oshirishi uchun Guliston shahri, Guliston, Oqoltin, Mirzaobod va Sayxunobod tumanlaridagi sanoat zonasiga kiritilgan ob’ektlar va yer maydonlarini ko‘rsatib, dastlab o‘zlarining jinoiy rejalarini amalga oshirish maqsadida Q.D. nomiga “M.” MCHJ hamda uning o‘g‘li Q.Yu. nomiga “Y.” MCHJlarni ochtirgan. Ular noqonuniy ravishda davlat xizmatlari agentligi tomonidan olingan elektron raqamli imzodan foydalanib “E-Auksion” onlayn platformasida kimoshdi savdosida ishtirok etgan “Sh.g.” MCHJning rahbari Izzat ismli tanishini “E-Auksion”da o‘tkaziladigan savdo o‘yinida “M.” MCHJ foydasiga yutqazib berishga ko‘ndirib, jamiyat rahbari nomidan savdoda qatnashib, “E-Auksion”ga qo‘yilgan Sayxunobod tumanida joylashgan haqiqiy narxi 1 mlrd 844 mln so‘m bo‘lgan, umumiy yer maydoni 9,2 gektar eski paxta zavodi ob’ektining narxini 200 ming AQSH dollari ekanligi xakida yolg‘on ma’lumotlar bergan xolda uning haqiqiy bahosini yashirib, auksionda qatnashish uchun “M.” MCHJ hisob raqamiga 15 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni o‘zbek so‘mi qiymatida o‘tkazib berishini aytib, ularni aldab, 15 ming AQSH dollar undirgan.
Biroq keyinchalik mazkur sanoat zonasida parrandachilik va tekstil loyihalarini amalga oshirish mumkin emasligini bilganlaridan so‘ng jinoyatlari fosh etilmasligi hamda Q.D.dan olingan pul mablag‘larini qaytarmaslik maqsadida investor olishi mumkin bo‘lgan boshqa yerni qidirgan. Shu vaqtda Sayxunobod tumanining Baxmalsoy mahallasidagi chorvachilikka ixtisoslashgan, binolardan tashqari qo‘shimcha 23 gektar yeri bo‘lgan fermani borib ko‘rishgan. Mazkur chorva fermasini yeri bilan birga 140 ming dollarga sotib olishga kelishilgan. So‘ngra uni Q.D.ning o‘g‘li va jiyaniga ko‘rsatib, ushbu yerni olishga qiziqtirishgan.
“Zamhokim” va tarjimon mazkur mulk narxi 250 ming dollar ekanini, 200 ming dollar bersa, oldingi 100 ming dollardan 50 mingini mazkur chorva fermasini sotib olish uchun o‘tkazishlari mumkinligini aytgan.
Q.D. 2023 yil dekabr oyi boshida Xitoydan 200 ming dollar jo‘natgan. Pulni uning o‘g‘li va jiyani olib, Qodir Dodoyevning xizmat xonasiga keltirib bergan. Hokim o‘rinbosari yana olingan pullarni tasdiqlovchi hujjat sifatida soxta tarmoq jadvali yasab bergan.
Qodir Dodoyev va sheriklari 10 gektar baliqchilik ko‘lini sotib olib berishini aytib, Q.D.ning yana 125 ming dollar pulini olgan. Ammo ko‘l olib bermagan.
Shu tariqa jinoiy guruh xitoylik investorning jami 350 ming dollardan ortiq pul mablag‘ini qo‘lga kiritgan.
2024 yil 4 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Sayxunobon tuman sudida Qodir Dodoyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga 9 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Qodir Dodoyev 1994 yili Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida tug‘ilgan. 2017 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. U Guliston shahar hokimligi investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis, 2021-2024 yillarda Guliston shahar hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buxoro viloyatidagi Romitan tumani hokimining innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Aziz Boboyev firibgarlikda ayblangandi.
LiveBarchasi