“O‘zbekiston” mehmonxonasiga talabgor chiqdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi kompleksi savdoga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik. Tanlov predmetining boshlang‘ich bahosi 33 million AQSH dollari etib belgilangan.

Poytaxtdagi mazkur yirik mehmonxona kompleksiga xaridor chiqdi. Quvaytning Alshaya Group kompaniyasi O‘zbekistonda mehmonxona biznesini yuritish istagini bildirdi. Kompaniya sotuvga qo‘yilgan “O‘zbekiston” mehmonxonasidagi davlat ulushini sotib olmoqchi.

На данном изображении может находиться: 5 человек, люди сидят, стол и в помещении

Kecha, 14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Alshaya Group kompaniyasi ijrochi direktori Muhammad al-Shay boshliq delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Arab kompaniyasi vakillariga “Chorvoq” erkin turistik zonasida va “Qadimiy Buxoro” turistik zonasida barpo etilayotgan tog‘-chang‘i kurorti va kanat yo‘li loyihalari namoyish etilgan va hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston mehmonxonasi

Baholaganlar

297

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing