Go‘yoki... - Toshkent shahar hokimligi kutilmagan bayonotni berdi
Jamiyat
−
17 noyabr 2019
25376Toshkent shahar hokimligi hokim Jahongir Ortiqxo‘jayevniki ekani aytilayotgan audioyozuv bo‘yicha nihoyat rasmiy bayonot berdi. Unda shunday deyiladi:
"Joriy yilning 16 noyabr kuni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ovozi sifatida tarqatilgan audioyozuv jamoatchilikning muhokamasiga sabab bo‘lmoqda.
Hozirda ushbu masalaga oydinlik kiritish va har tomonlama o‘rganish maqsadida mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilgan.
O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi".
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ovozli ustida o‘rganish olib borayotganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi