Go‘dak qanday parvarish qilinadi?

Salomatlik

image

Yangi tug‘ilgan chaqaloqning parvarishi alohida e’tibor va mas’uliyat talab qilishi hech kimga sir emas. Shu sababdan tibbiyot fanlari doktori Inobat Ahmedova go‘daka parvarishida nimalarga e’tibor berilishi kerakligi haqida ma’lumot berdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassis bilan o‘tkazilgan suhbatni e’lon qildi.

– Bolaning to‘g‘ri rivojlanishi va sog‘lom ulg‘ayishi uchun homiladorlikda nimalarga ahamiyat qaratish zarur? 

Birinchi navbatda, bolaning terisiga juda ahamiyatli bo‘lish zarur. Dastalbki kunlarda chaqaloq terisi ko‘chishi mumkin Tarkibida spirt bo‘lmagan va bolalar uchun mo‘ljallangan kosmetologik vositalarni ehtiyot bo‘lib, faqat go‘dak tanasining alohida joylariga ishlov berish uchun ishlatish lozim. Losonni go‘dakning yuzi va terisiga surtmaslik kerak. 

Onalar o‘zi va go‘dagi uchun bir xil namlantiruvchi vositalardan foydalangani ma’qul. Ahamiyat qaratish lozim bo‘lganlaridan yana biri – bu uning tirnoqlaridir. Go‘daklarning tirnoqlari nozik va o‘tkir bo‘lib, juda tez o‘sadi. Shuning uchun ularni muntazam ravishda, haftasiga bir marta olib turish kerak. Buning uchun bolalar qaychisi yoki yumshoq arracha ishlatish kerak. Go‘dak tirnog‘ini u uxlayotgan vaqtda olishga harakat qilgan ma’qul.

Yosh onalar uchun tavsiyalar

Quyosh nurlaridan himoya qiling

Tik quyosh nurlari go‘dak terisiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Quyosh tikkaga kelganda go‘dak soyada bo‘lishiga yoki boshqa xonaga olib chiqishga harakat qiling. Aravacha ustidagi soyabon, qalpoqcha, uzun yengli ko‘ylak va ishtonchalar go‘dagingizni quyosh nurlaridan yaxshi himoya qiladi.

O‘rab-chirmamang

Go‘dagingizga qulay va issiq bo‘lishi uchun unga kattalarga nisbatan bir qavat ko‘proq kiyim kiydirish lozim. Yozning eng issiq vaqtlarini mustasno qilganda go‘dakning ustida maykacha, taglik, pijama bo‘lsa kifoya. Farzandingizga kiyim nechog‘li qulay ekanligini tekshirib ko‘rish uchun uning qo‘l va oyoqlarini ushlab ko‘ring. Agar ularning terisi sovuq bo‘lsa, yana bir qavat kiyim kiydiring, mabodo issiq bo‘lsa, kiyimini kamaytiring.

To‘g‘ri cho‘miltiring

Birinchi cho‘miltirish jarayoni bezovtalik, qiyinchilik bilan o‘tishi, farzandingiz yig‘lashi mumkin. Lekin u bunga tez ko‘nikib, cho‘milishdan rohatlana boshlaydi. Ilk cho‘miltirish uchun sizga yordamchi zarur. Go‘dakni issiq xonada cho‘miltiring, yoningizda uni o‘rash uchun quruq sochiq bo‘lsin. Suvning haroratini tirsagingiz bilan tekshirib ko‘ring, u yoqimli iliq bo‘lishi kerak. Eng muhimi, hamma vaqt go‘dakni bir qo‘lingiz bilan ushlab turing va hech qachon bir o‘zini vannada qoldirmang. Uzoq cho‘miltirish shart emas, kir va ko‘chgan terilarni yuvib tashlasangiz kifoya. Go‘dak tanasining hamma qismini navbatma-navbat, ayniqsa, terisi ko‘chgan joylariga e’tibor bergan holda yuvib chiqing. Quloq orqalarini, qo‘l va oyoq barmoq oralarini, qo‘ltiq osti va tovonlarini tekshirib chiqing. Boshdagi tabiiy yog‘lar tufayli sochlar yopishqoq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun boshni yuvishda go‘dak ko‘zini achitmaydigan bolalar shampunidan foydalaning. Go‘dak sovunli suvda o‘tirmasligi uchun boshini cho‘milishning oxirida yuving, yuzi va qo‘llariga sovun surmang.

– Go‘dak terisi nega qizarib qoladi?

Deyarli barcha go‘daklarda orqasi va sonlarining terisi qizarishi kuzatiladi. Buni davolashning eng yaxshi usuli qizarish sababini bilish va boshqa bunga yo‘l qo‘ymaslikdir. Taglik dermatitining sababi quyidagilardir: namlik tufayli terining zaiflashuvi, enzimlar, ya’ni axlat tarkibidagi ovqat fermentlarining ta’siri, axlat va siydik aralashuvidagi ammiak ta’siri.

Pediatrga quyidagi hollarda murojaat eting!

Qizarish juda kuchli bo‘lsa, bir necha kun mobaynida o‘tib ketmasa. Bunday hollarda go‘dakda zamburug‘li dermatit bo‘lishi mumkin va uni maxsus davolash talab etiladi. Zamburug‘li dermatitlar, odatda, bakteriyalarni o‘ldiruvchi antibiotiklar qabul qilingandan so‘ng boshlanishini esdan chiqarmang.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqning tana harorati 35-37 gradus bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan uning tana harorati 36 gradus atrofida bo‘ladi. Chaqaloq yashaydigan xona haroratini 20 gradus bo‘lishiga ahamiyat qaratish kerak.


Maqola muallifi

Teglar

chaqaloq

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing