Go‘dak farzandini o‘ldirib, tomorqasiga ko‘mishda gumonlanayotgan andijonlik er-xotin ushlandi
3-sahifa
−
19 yanvar
28586Ijtimoiy tarmoqda taxminan 1 yashar go‘dakni ayol shafqatsizlarcha urayotgani, yana bir lavhada esa ana shu bolani ayol bilan erkak yerga ko‘mayotgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani bunga o‘z munosabatini bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat tegishli idoralarning tezkor hamkorligida o‘rganilib, videotasvirdagi ma’lumot asosida ayolning shaxsi identifikatsiya qilingan. Aniqlanishicha, bu shaxs Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan A.G. bo‘lib, u 2016 yildan beri Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahrida turmush o‘rtog‘i B.I. bilan yashab kelgan. Shuningdek, videotasvirdagi go‘dak A.G. va B.I.ning 2019 yilda tug‘ilgan farzandi R.X. ekani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining tegishli so‘roviga asosan Bosh konsulxona hamda Novosibirsk oblasti IIV xodimlari bilan o‘zaro tezkor ma’lumotlar almashinib, 19 yanvar kuni B.I. va A.G. lar Berdyansk shahrida qo‘lga olingan va protsessual tartibda hibsga olingan.
Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Novosibirsk shahri (Oktyabrskiy rayoni) tergov boshqarmasi tomonidan A.G. va B.I.ga nisbatan RF JKning 117-moddasi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur jinoyat ishi yurituvi doirasida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan voyaga yetmagan R.X. manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi bilan hamkorlikni davom ettirishi aytilmoqda.
LiveBarchasi