GTA 6 öyin bozorini “portlatdi”: oldindan sotuv böyiça rekord örnatildi

Bu qiziq

−

image

Grand Theft Auto VI (GTA 6) video öyini rasmiy relizga qadar 1,5 milliard dollardan ortiq mablağ evaziga oldindan buyurtmalar töpladi va eng yirik öyin dökonlarining rekordlarini örnatdi. Bu haqda “Sensor Tower” tahlil kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib, “Forbes” naşri xabar berdi.

Tahlilçilarning baholaşiça, joriy yil 17 noyabr holatiga köra, PlayStation 5 va Xbox Series X|S platformalarida GTA 6 uçun raqamli oldindan buyurtmalar soni taxminan 15,88 million nusxaga yetgan. Rasmiylaştirilgan buyurtmalarning umumiy qiymati 1,54 milliard dollarga baholanmoqda.

Şu tariqa, öyin hali sotuvga çiqmasdanoq dastlabki savdolar hajmi böyiça 1 milliard dollarlik marradan ötdi. Sony va Microsoft kompaniyalari GTA 6 öyini PlayStation Store va Microsoft Store tarixida eng köp oldindan buyurtma qilingan öyinga aylanganini ma’lum qilgan.

Taqqoslaş uçun, seriyaning 2013 yil sentyabr oyida çiqqan avvalgi qismi – GTA 5 relizdan keyingi dastlabki uç kun içida 1 milliard dollar daromad keltirgan. Tahliliy hisob-kitoblarga köra, GTA 6 uşbu summani rasmiy savdolar boşlanişidan oldinoq ortda qoldirgan.

Biroq keltirilgan körsatkiçlar hozirça işlab çiquvçilarning rasmiy statistikasi hisoblanmaydi. Rockstar Games kompaniyasi va uning boş kompaniyasi Take-Two Interactive oldindan buyurtma asosida sotilgan nusxalarning aniq sonini oşkor qilmagan.

GTA 6 öyinining rasmiy relizi 2026 yil 19 noyabrga belgilangan. Öyin PlayStation 5 va Xbox Series X|S konsollari uçun çiqariladi.

Ma’lumot uçun, Grand Theft Auto öyinining yangi qismi voqealari Florida ştati motivlari asosida yaratilgan töqima Amerika ştati – Leonidada bölib ötadi. Asosiy voqealar rivojlanadigan joylardan biri Mayamining virtual analogi bölgan Vays-Siti şahri böladi.

Syujet markazida ikki boş qahramon – Jeyson Dyuval va Lyusiya Kaminos turadi. Ularning hayoti jinoyat olami va keng kölamli kriminal voqealar bilan boğliq böladi. Öyinga bölgan qiziqiş nihoyatda yuqori. GTA 6 ning birinçi treyleri dastlabki sutkadayoq YouTube tarmoğida 93 milliondan ortiq körişlar sonini töplagan.

Seriyaning avvalgi qismi – GTA 5 230 milliondan ortiq nusxada sotilib, tarixdagi tijoriy jihatdan eng muvaffaqiyatli videoöyinlardan biriga aylangan.

Ekspertlar GTA 6 ning çiqişi jahon köngiloçar industriyasidagi eng yirik voqealardan biri bölişini kutmoqda. Biroq savdolar böyiça yakuniy rekordlarni faqat rasmiy relizdan keyingina baholaş mumkin böladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing