6 yoshli qiz video o‘yin yaratib, Ginnesga kirdi

Texnologiya

image

6 yoshli Simar Hurana bolalar uchun qiziqarli, ta’lim beruvchi video o‘yin yaratib, dunyodagi eng yosh video o‘yin ishlab chiqaruvchisiga aylandi. Bu haqda Ginnes rekordlarining rasmiy sahifasida xabar berildi. 

Qiz tengdoshlari orasida o‘zining matematika va u bilan bog‘liq sohalarda yoshiga nisbatan ancha yaxshi o‘zlashtirishi bilan ajralib turadi.

“Simar YouTube videolarini tomosha qilish orqali matematikani mustaqil o‘rgandi. U bolalar bog‘chasida o‘qib yurganida 3-sinf matematika darsligi mashqlarini bajara olardi. Shuningdek, u ba’zan qo‘lida bor narsa bilan qog‘oz chiqindisidan hunarmandchilik buyumlari va o‘yinchoqlar yasardi”, dedi qizning otasi Paras. 

Bir necha yil avval u qizining kodlash sohasidagi qobiliyatini ham payqagan va Simar haftasiga 3 kun bo‘ladigan kodlash kursiga qatnay boshlagan.

“Men u tabiatan kodlash sohasida qobiliyatga ega ekanligini his qildim, chunki u bu borada allaqachon mukammal ko‘nikmalarga ega edi. Shunday qilib, men uni o‘zi yoqtirgan demo kodlash darsini sinab ko‘rishga majbur qildim!” deydi u. 

Ammo Simar uchun kurs topish oson bo‘lmadi, chunki kodlash institutlarining ko‘pi uning yoshi tufayli sinfga qabul qilishdan bosh tortdi. O‘yinni kodlashtirish ancha murakkab jarayon. Shu sababli o‘qituvchilar yosh qiz buni uddalay olshiga ishonmadi. Biroq, uzoq qidiruvlardan so‘ng, o‘qituvchi topildi.

Bir necha oylik darslardan keyin u o‘z yoshidagi bolalar uchun video o‘yin yaratishga qaror qildi. Oilaviy shifokorning u va singlisiga qilgan zararli taomlarni iste’mol qilish to‘g‘risidagi ma’ruzasidan so‘ng, Simar “Sog‘lom oziq-ovqat Chellenj” deb nomlangan o‘yin g‘oyasini o‘ylab topdi. U o‘z tengdoshlariga sog‘lom va nosog‘lom oziq-ovqat iste’molining salomatlikka ta’siri va yoshligidan muvozanatli ovqatlanish qanchalik muhimligini o‘ziga xos tarzda o‘rganishga yordam beradi.

Ushbu o‘yini orqali Simar Hurana “Eng yosh video o‘yin ishlab chiqaruvchisi” sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, Hindistonning Maharashtra shtatida yashovchi 16 yoshli Srushti Sudhir Jagtap 127 soat tinimsiz raqs tushib, Ginnessning yakkaxon ijro etilgan eng uzoq raqs rekordini yangiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ginnes qiz video o'yin kodlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing