GTA VI savdo böyiça öz rekordini yangiladi

Bu qiziq

−

image

Grand Theft Auto VI video öyini sotuvga çiqarilgan dastlabki 24 soat içida 3,79 milliard dollarlik savdo hajmini qayd etib, tarixdagi eng yirik köngiloçar mahsulot reliziga aylandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, jinoyatçilik mavzusidagi ekşn-advençur janridagi öyin joriy yilning 19 noyabr kuni jahon böylab sotuvga çiqarilgan. Rockstar Games ma’lumotiga köra, uning rasmiy relizidan oldin 32,5 million dona nusxasi sotilgan.

GTA VI birinçi kunlik natijasi bilan özidan oldingi GTA V öyinining rekordini ham yangiladi. 2013 yilda sotuvga çiqqan GTA V dastlabki 24 soatda taxminan 800 million dollarlik savdo hajmiga erişgan edi. Yangi öyinning körsatkiçi esa bundan qariyb beş baravar yuqori böldi.

Şuningdek, GTA VI jahon prokatida eng köp daromad keltirgan “Qasoskorlar: Final” filmining natijasidan ham özib ketdi. Mazkur film butun dunyo kinoteatrlarida taxminan 2,94 milliard dollar işlab topgan.

Öyin voqealari Florida ştatidagi Mayami şahri asosida yaratilgan xayoliy Vays-Sitida keçadi. Unda Lusiya va Jeyson ismli ikki jinoyatçi qahramonning sarguzaştlari aks etgan.

GTA VI’ning çiqarilişi uni işlab çiqqan Rockstar Games’ning boş kompaniyasi Take-Two Interactive moliyaviy körsatkiçlariga ham ijobiy ta’sir körsatişi kutilmoqda. Kompaniya öyinni işlab çiqiş xarajatlari 1 milliard dollar yoki undan köproqni taşkil etganini baholagan.

Ma’lumot uçun, GTA VI’ning çiqarilişini muxlislar 13 yildan ortiq vaqt kutgan. Hozirça öyinning kompyuterlar uçun versiyasi va onlayn köp öyinçili rejimi qaçon taqdim etilişi aniq emas. Ayrim soha tahlilçilari ular 2027 yilda çiqişi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Grand Theft Auto VI (GTA 6) video öyini rasmiy relizga qadar 1,5 milliard dollardan ortiq mablağ evaziga oldindan buyurtmalar töpladi va eng yirik öyin dökonlarining rekordlarini örnatgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing