Gruziyaning YeIga a’zo bo‘lish jarayoni to‘xtatildi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi rahbariyati Gruziyaning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayonini to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda YeIning Gruziyadagi elchisi Pavel Gerchinskiy ma’lum qildi.

“Afsuski, Yevropa Ittifoqi rahbarlari Gruziyaning YeIga a’zo bo‘lish jarayonini to‘xtatib turishga rozi bo‘ldi, bu Yevropa Kengashi hisobotlarida aniq ko‘rsatilgan”, deydi Gerchinskiy Tbilisida xalqaro konferensiyada.

Elchi Gruziya YeI kengayishining keyingi to‘lqiniga qo‘shiladimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emasligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq YeI sammitida Gruziyani mamlakatda qabul qilingan “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun tufayli YeIga kirish jarayonini to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qilingan edi. Shuningdek, Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Gruziya hukumati hozirgi yo‘nalishini davom ettirsa, YeI eshiklari Gruziya uchun yopiq bo‘lishini aytdi. Unga ko‘ra, Bryussel “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun bekor qilinmasa, Tbilisini Yevropa tinchlik jamg‘armasi orqali moliyalashtirishdan mahrum qilishga tayyor.
 


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made