Gruziyalik Olimpiada sovrindorlari qancha mukofot puli olishi ochiqlandi
Sport
−
17 iyul
10976Gruziya hukumati Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar uchun 1 million lari (370 ming dollar) miqdorida mukofot belgiladi. Bu haqda Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bayonot berdi.
“An’anaga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlari oldidan mukofot pullari belgilanadi va bu holatda Gruziya hukumati tomonidan Olimpiya chempionlari uchun 1 million lari, kumush medal uchun yarim million lari (185 ming dollar) ajratiladi. Bronza medali sohiblari uchun esa 250 ming (92 ming dollar) beriladi”, deydi Kobaxidze.
26 iyuldan 11 avgustga qadar Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida Gruziyadan 28 nafar sportchi ishtirok etadi. Ular orasida Olimpiya chempionlari – og‘ir atletikachi Lasha Talaxadze, dzyudochilar Lasha Shavdatuashvili va Lasha Bekauri, shuningdek, Olimpiadadagi ishtiroklar soni bo‘yicha rekordchi, 1988 yilgi Seul o‘yinlari g‘olibi, to‘pponchadan otish bo‘yicha Nino Salukvadze to‘rt yillikning eng yirik sport musobaqalarida qatnashadi. Parij-2024 Salukvadze uchun 10-Olimpiada bo‘ladi.
LiveBarchasi