Gruziyalik mashhur UFC jangchisi avtohalokatga uchradi

Sport

image

UFC yengil vazn toifasidagi (61 kg gacha) gruziyalik jangchi Merab Dvalishvili baxtsiz hodisaga uchradi. Bu haqda sportchining o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Men Nyu-Yorkda bor-yo‘g‘i bir kun bo‘ldim va katta baxtsiz hodisaga duch kelishga ham ulgurdim. Taksida ketayotgan edim, boshqa mashinalar bizning mashinaga kelib urildi. Men orqa tarafdagi yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirib ketayotgandim. Hozir ahvolim ancha yaxshi”, deydi Dvalishvili.

Merab o‘zining so‘nggi jangini 2024 yil 18 fevralda UFC 298 da o‘tkazdi. Uning raqibi ikki vazn toifasida sobiq ufc chempioni, amerikalik Genri Sexudo edi. Jang bir ovozdan Dvalishvili g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dvalishvili keyingi jangini UFC 306 turnirida yengil vazn toifasida amaldagi chempion unvoni sohibi amerikalik Shon O'Melliga qarshi o‘tkazmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

avtohalokat Merab Dvalishvili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing