Gruziyalik “Maradona” uzoq muddat Neapolda qoladigan bo‘lmoqda
Sport
−
21 noyabr 2023 3741 1 daqiqa
Gruziyalik futbolchi Xvicha Kvaratsxeliya Italiyaning “Napoli” bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda futbol jurnalisti Nikola Skira o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
Yangi shartnomaga ko‘ra, Neapol klubida Gruziya terma jamoasining 22 yoshli vingerining maoshi bir mavsumda 4 million yevroni tashkil qiladi.
Shartnoma 2029 yilgacha uzaytirish variantini o‘z ichiga olishi mumkin.
Xvichaning “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsum futbolchi A Seriyada 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer narxi 85 million yevroni tashkil etadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025