Gruziyada muxolifat partiyalar mahalliy saylovlarni boykot qildi
Olam
−
01 iyul 2025 2346 2 daqiqa
Gruziyada 8 ta muxolifat partiyasi mahalliy hokimiyat organlari saylovlarida ishtirok etmasligini e’lon qildi. Bu haqdagi qaror 1TV telekanalida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, birato‘la sakkizta partiya ham mahalliy saylovlarni “noqonuniy tuzumni legitimlashtirish vositasi” deb atab, unga qarshi kurashni davom ettirishga va’da bergan.
Muxolifat bayonotini “Droa” partiyasi yetakchisi Elene Xoshtariya Tbilisidagi parlament binosi oldida e’lon qilgan. U “Gruzin orzusi” partiyasining sobiq a’zosi Gedevan Popxadze bilan birga ochlik aksiyasi o‘tkazayotgan edi, ammo umumiy bayonot fonida aksiyani to‘xtatgan.
“Bizning asosiy maqsadimiz rossiyaparast tuzumni to‘liq demontaj qilish, Gruziya mustaqilligi va suverenitetini himoya qilish, Yevropa andozasidagi demokratik boshqaruvni barpo etish, fuqarolar uchun xavfsiz va munosib hayot yaratish hamda Gruziyaning Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo bo‘lishini ta’minlash”, deyiladi qo‘shma bayonotda.
Ular saylovlarda ishtirok etishni hozirgi sharoitda “Rossiyaga qaram tuzumga qarshilik ko‘rsatish” deb hisoblamoqda.
Partiyalar yakuniy maqsad sifatida “nodemokratik, oligarxik tizimni tugatish uchun qo‘ldan kelgan barcha choralarni ko‘rishga” va’da bergan.
“Bizni g‘alabaga olib boruvchi yagona yo‘l – rejim bilan to‘liq hamkorlik qilmaslikdir. Gruziya fuqarolari bilan birga umumxalq qarshilik harakatini davom ettiramiz. Oxirigacha”, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gruziyaning sobiq bosh vaziri, hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi raisi Irakliy Garibashvili o‘z lavozimini tark etib, siyosatdan ketayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi