Gruziyada qotillikda gumonlangan o‘zbekistonlik qidiruvga berildi

3-sahifa

image

Tan olinmagan Abxaziya respublikasida qotillikda gumonlanib, O‘zbekiston va Ozarbayjonning ikki fuqarosi qidiruvga berildi. Bu haqda respublika Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, “Sputnik Abxaziya” xabar berdi. 

“1992 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Otbek Salomov va 1998 yilda tug‘ilgan Ozarbayjon fuqarosi Ali Ibragimov qidirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Jinoyat kecha, 6 avgust kuni Suxumida sodir bo‘lgan.

Jabrlanuvchilar tan olinmagan Abxaziya respublikasi va Turkiya fuqarosi 1967 yilda tug‘ilgan Xan-ipa Ridvan va Inxan-ipa.

Bu Suxumida ikki yarim oy ichida sodir etilgan ikkinchi jinoyat bo‘lib, uning qurboni Turkiya fuqarosi edi, qotil esa ozarbayjonlik bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda 2002 yilda qasddan odam o‘ldirishda gumonlanib, qidiruvga berilgan 48 yoshli erkak O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Gruziya o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing