Gruziyada ikkita zilzila sodir bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 12 fevral kuni Gruziyada 4,4 va 3,3 magnitudali ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Milliy seysmik monitoring markazi xabar berdi.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishlari Tbilisi vaqti bilan soat 12:07 da qayd etilgan. Zilzila epimarkazi Ozurgeti shahri yaqinidagi Gomi qishlog‘i bo‘lgan.

Birinchi zilzila magnitudasi 4,4 ballni tashkil qilgan.

Ikkinchi zilzila Tbilisi vaqti bilan soat 12:21 da 3,3 magnituda bo‘lib, Baxmaro tog‘li kurort qishlog‘idan besh kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan.

Ehtimoliy vayronagarchilik va qurbonlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Vayronkor zilzila qo‘shni davlatlar, jumladan, Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.

Shundan so‘ng, Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga tushirildi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila oqibatlarini bartaraf etishda faol ishtirok etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan dastlab 100 kishilik qidiruv-qutqaruv guruhi, joriy yilning 9 fevral kuni 71 kishilik ikkinchi guruh Turkiyaga yuborildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston joriy yining 6 fevral kuni kuchli zilziladan aziyat chekkan Turkiyaga insonparvarlik yordami jo‘natgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing