Gruziyada 4 yashar qizaloqni o‘ldirgan o‘zbekistonlik ayol qamoqxonada qoladi

Olam

image

Gruziyaning Kutais appelyatsiya sudi 4 yashar qizaloqni o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi Sayraxon Mirboboyevaga nisbatan birinchi sud instansiyasi chiqargan muddatsiz qamoq jazosini saqlab qoldi. Bu haqda Gruziya Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Qotillik 2018 yilning 14 inb kuni yuz bergan. Iergov ma’lumotiga ko‘ra, Mirboboyeva boshqa mamlakatda bo‘lgan dugonasining qizini o‘lasa qilib kaltaklagan. Oxirgi vaqtlarda qiz Mirboboyeva qaramog‘ida bo‘lgan. Politsiyaga qizaloqning jasadini Mirboboyevaning o‘zi olib borgan.

Sud eshituvlarida Mirboboyevaning advokati himoyasidagi shaxs nima qilayotganini bilmasligini qayta-qayta ta’kidlagan. Biroq ekspertiza ayol jinoyatni sodir etayotganda uning salomatligida hech qanday muammo bo‘lmaganini ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning oktyabr oyida sud O‘zbekiston fuqarosini aybdor deb topib, maksimal jazoga – muddatsiz qamoqqa olinishga hukm qilgan. Mirboboyeva aybdor deb topilgan modda bo‘yicha eng kam jazo muddati 16 yilni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Gruziya

Baholaganlar

266

Reyting

1.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing