Gruziyada hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazo kuchaytirildi

Olam

image

Joriy yilning 1 avgustidan boshlab Gruziya Jinoyat kodeksiga hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jazoni kuchaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgarishlar kuchga kiritilgan. Bu haqda “Sputnik Gruziya” nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, hayvonlarni nisbatan qiynoqqa solish yoki shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun endilikda 120 soatdan 240 soatgacha jamoat ishlari, olti oydan bir yilgacha uy qamog‘i yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.

Agar hayvon o‘lsa, jarima yoki bir yildan ikki yilgacha uy qamog‘i yoki bir yildan to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi. Shu paytgacha hayvonni o‘ldirganlik uchun eng ko‘p jazo bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lsa, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bo‘lgan.

Xuddi shunday qilmish bir guruh shaxslar tomonidan ommaviy ravishda, takroran, voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir etilgan bo‘lsa, jarima yoki bir yildan ikki yilgacha uy qamog‘i yoxud ikki yildan to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya jazo hayvonlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing