Gruziya va’dasining ustidan chiqdi

Olam

image

Avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelinskiy Gruziyaning sobiq Prezidentini Mixail Saakashvilini islohotlar ijroiya qo‘mitasi rahbari etib tayinlagani haqida xabar bergan edik.

Gruziya hukumati bir qancha jinoyatlarda ayblangan sobiq Prezident Ukrainada biror lavozimga tayinlansa, Kiyevdagi elchini chaqirib olinishi bilan bir necha bor ogohlantirgan edi. Shu sabab bugun, 8 may kuni Gruziyaning Ukrainadagi elchisi chaqirtirib olindi. Bu haqda Gruziya tashqi ishlar vaziri David Zalkalyani ma’lum qildi  

Gruziya Ukrainadagi elchini mamlakatning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining Ukrainani isloh qilish bo‘yicha ijroiya qo‘mitasi rahbari etib tayinlanishi munosabati bilan maslahat uchun chaqirdi. Bu haqda 8 may, juma kuni Gruziya tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani ma’lum qildi.

“Bu diplomatik munosabatlarda qabul qilingan amaliyot bo‘lib, ikki tomonlama munosabatlarda ma’lum muammolar paydo bo‘lishidan dalolat beradi. Shuning uchun kelgusidagi qadamlarni belgilash uchun elchi bilan maslahatlashish zarur”, dedi vazir.

U diplomatik aloqalarni uzish yoki ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni qayta ko‘rib chiqish haqida gap bo‘lishi mumkin emasligi haqida gapirib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili Saakashvili Ukraina bosh vazirining o‘rinbosari etib tayinlanishi mumkinligi sababli Tbilisi va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlarning kelajagi to‘g‘risida xavotir bildirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Ukraina

Baholaganlar

47

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing