Gruziya terma jamoasiga 10 million dollar mukofot berildi

Sport

image

Gruziya terma jamoasi futbolchilari Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Yevropa chempionatining pley-off bosqichiga chiqqani uchun va’da qilingan 30 million dollar pul mukofotidan 10 million dollarini olib ulgurdi. Bu haqda Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze ma’lum qildi.

“Guruhdan chiqish uchun belgilangan dastlabki 30 million dollar allaqachon terma jamoaga o‘tkazildi va terma jamoa futbolchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda biz ularga navbatdagi o‘yindagi g‘alaba uchun mukofot pullari taqdim etilishini eslatdik”, deydi Kobaxidze.

26 iyun kuni Gruziya terma jamoasi guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida Portugaliya terma jamoasini mag‘lub etdi (2:0) va turnirning pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 1/8 finalda gruziyaliklar 30 iyun kuni Ispaniya bilan to‘qnash keladi.

Qayd etilishicha, jamoa pley-offdagi har bir g‘alaba uchun 30 million dollar mukofot puli oladi. Bundan tashqari, Kobaxidze aytganidek, Gruziya hukumati futbol jamoasiga tarixda ilk bor Yevropa chempionati final bosqichiga chiqqani uchun 3 million dollar ajratadi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Gruziya Ispaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing