“Tenerife” vafot etgan futbolçining qizini moliyaviy qöllab-quvvatlaydi
Sport
−
11:46 442 2 daqiqa
Ispaniyaning “Tenerife” klubi maydonida vafot etgan hujumçi Xesus de Migelning qizini 18 yoşga tölguniga qadar moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlaşga va’da berdi. Bu haqda klub boş direktori Antonio Manuel Porro Granados ma’lum qildi.
Uşbu fojia joriy yilning 2 noyabr kuni Ispaniya Segundasi 12-turidan örin olgan “Andorra”ga qarşi uçraşuvda (2:2) sodir bölgan.
“Bizning maqsadimiz qizaloqning yonida böliş va butun “Tenerife” oilasi uni qöllab-quvvatlaşini ta’minlaşdir. U voyaga yetguniga qadar uning yonida bölişni istaymiz. Bu majburiyatni asosiy aksiyadorimiz Rayko Garsiya taşabbusi bilan zimmamizga oldik va barçamiz uni töliq qöllab-quvvatlaymiz. Bu “Tenerife” klubi oilasining Karla va uning kelajagi oldidagi mas’uliyatidir.
Qonuniy majburiyatlarimizdan taşqari, barça yönalişlarda maksimal darajada yordam körsatamiz. Şuningdek, moliyaviy kömakni oşirişning boşqa yöllarini ham izlamoqdamiz. Heç bölmaganda, bu oğir vaziyat oilaning moddiy ahvoliga ortiqça ta’sir qilmasligini istaymiz”, dedi Granados “The Athletic” naşriga.
Klub rahbari boşqa jamoalarning ham oilaga yordam beriş borasidagi taşabbuslarini yuqori baholadi. Jumladan, “Burgos” klubi “Tenerife”ga qarşi öyin çiptalari savdosidan tuşgan mablağning barçasini marhum futbolçining oilasiga, xususan, qizi va merosxörlariga yönaltiriş niyatida ekanini bildirgan. Şuningdek, “Mançester Yunayted” ham klubga hamdardlik bildirgan. Naşr ma’lumotiga köra, futbolçining oilasi asosiy kompensatsiya sifatida 360 ming yevro oladi.
Bundan taşqari, 2020-2021 yilgi mavsumda “Tenerife”da ijara asosida töp tepgan “Erkules” hujumçisi Fran Sol ham oilaga yordam beriş uçun alohida mablağ yiğiş kampaniyasini boşlagan. Uşbu xayriya taşabbusiga Ispaniya terma jamoasi futbolçilari Alvaro Morata va Aleks Bayena, şuningdek, köplab muxlislar ham hissa qöşgan. Hozirga qadar 100 ming yevrodan ortiq mablağ töplangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq 25 foiz aksiyalari Kriştianu Ronalduga tegişli bölgan Ispaniyaning “Almeriya” klubi hujumçi Xesus de Migelning fojiali ölimidan söng “Tenerife”ga qarşi uçraşuvdan tuşadigan barça mablağni futbolçining oilasiga xayriya qilişi haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr