Gruziya sobiq Prezidenti Mixail Saakashvili hibsga olindi

Olam

image

Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili mamlakatning sobiq Prezidenti Mixail Saakashvili hibsga olinganini ma’lum qildi. 

Garibashvilining so‘zlariga ko‘ra, hozir Saakashvili Gruziyaning jazoni ijro etish muassasalaridan birida hibsda saqlanmoqda.

“Huquq-tartibot idoralarida uning Ukrainadan Gruziyaga ko‘chib o‘tishi haqida dastlabki ma’lumotlar bor edi va bu jarayon to‘liq nazorat ostida edi”, deydi Garibashvili.

Unga ko‘ra, Gruziya maxsus xizmatlari “Saakashvilining hibsga olinishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar minimal bo‘lishi uchun shunday vaqt va joyni tanlagan”, deb yozadi “Novosti gruziya” gazetasi.

Ma’lumot o‘rnida, Mixail Saakashvili 2004-2013 yillarda Gruziya Prezidenti bo‘lgan. Prezidentlik muddati tugashiga oz vaqt qolganida u mamlakatni tark etgan. Shundan so‘ng, unga nisbatan to‘rtta jinoiy ish ochilgan, ulardan ikkitasi bo‘yicha 2018 yilda hukm chiqarilgan:

  • Tbilisi shahar sudi Saakashvilini 2006 yilda Gruziya Birlashgan banki xodimi Sandro Girgvlianining o‘ldirilishida sirtdan uch yilga ozodlikdan mahrum qilgan;
  • o‘sha yilning iyun oyida sud 2005 yilda deputat Valeriy Gelashvilining kaltaklanishi ishi bo‘yicha sobiq Prezidentni olti yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Saakashvili

Baholaganlar

392

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing