Gruziya prokuraturasi Prezidentni so‘roqqa chaqirdi
Olam
−
30 Oktabr
5406Gruziya prokuraturasi respublika Prezidenti Salome Zurabishvilini saylovdagi soxtalashtirish haqidagi bayonotlari uchun so‘roqqa chaqirdi. Bu haqda prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Prokuraturaga ko‘ra, davlat rahbarida qonunbuzarliklar bo‘yicha dalillar bo‘lishi mumkin. Prokuratura saylovlardagi soxtalashtirishlar yuzasidan tekshiruv boshladi. Tergov Markaziy saylov komissiyasi so‘rovi asosida boshlangan.
Zurabishvili xonimni so‘roq qilish 31 oktyabrga belgilangan. Prokuratura Prezident, partiyalar va kuzatuvchilar tomonidan aytilgan barcha faktlarni o‘rganishga, qalbakilashtirishlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan barchani so‘roq qilishga va’da berdi. Shuningdek, prokuratura saylovoldi poygasi va ovoz berish kunida sodir etilgan qonunbuzarliklar bo‘yicha bir necha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gruziya poytaxti Tbilisidagi parlament binosi oldida saylov natijalariga qarshi miting boshlangani xabar qilingan edi. Aksiya mamlakat Prezidenti Salome Zurabishvilining chaqirig‘i bilan tashkil etilgan. Namoyishchilar qo‘llarida Gruziya va Yevropa Ittifoqi bayroqlari, shuningdek, bannerlar ko‘targan. Namoyishchilar Rustaveli xiyobonida to‘planib, u bo‘ylab mashinalar harakatini to‘sib qo‘ygan. Ommaviy norozilik ortidan Gruziya Markaziy saylov komissiyasi parlament saylovlari bo‘yicha ma’lumotlarini qayta tekshirish maqsadida har bir saylov okrugida beshta saylov uchastkasining byulletenlarini qayta sanash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
LiveBarchasi