Gruziya Prezidenti taqiqlanayotgan vaksina bilan emlandi

Olam

image

Bugun, 18 mart kuni Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda davlat rahbari ma’muriyatiga asoslanib xabar berilgan.

Xabarlarga ko‘ra, Gruziya rahbari o‘zining tug‘ilgan kunida koronavirusga qarshi emlangan. 

"Agar biz koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan iqtisodiy vaziyatdan chiqishni istasak, ushbu imkoniyatdan foydalanishimiz kerak. Barchaga sog‘lik tilayman, bu qiyinchilik bilan kurasha olishimizga aminman", degan Zurabishvili emlanganidan so‘ng. 

Ma’lumot o‘rnida, 15 mart kuni Gruziyada AstraZeneca kompaniyasining vaksinasi bilan COVID-19 ga qarshi emlash boshlandi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq 276 436 holat aniqlangan, 269 384 kishi sog‘aygan va 3 674 kishi vafot etgan. 

Ma’lumot o‘rnida, ko‘plab Yevropa mamlakatlari AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni to‘liq yoki qisman to‘xtatganini e’lon qilgan. Shvetsiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Sloveniya, Portugaliya, Kipr, Niderlandiya, Avstriya, Daniya, Estoniya, Latviya, Litva, Bolgariya, Irlandiya, Lyuksemburg, Norvegiya va Islandiya ham shular jumlasidandir. 

Yevropadan tashqarida vaksinadan foydalanish Indoneziya, Kongo Demokratik Respublikasi, Tailand va Janubiy Afrikada to‘xtatilgan. 

Ushbu vaksina bilan ommaviy emlashlar boshlangandan so‘ng, emlanganlar orasida shifoxonaga yotqizilganlar va o‘lim holatlari qayd etilgan. 

O‘lim holatlarini o‘rgangan shifokorlar ushbu vaksina bilan emlanganlarda qon quyqalari hosil bo‘lganini aniqlagan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga ham 660 ming doza COVID-19 ga qarshi AstraZeneca vaksinasi olib kelingan. 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Gruziya vaktsina

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing