Gruziya Prezidenti iste’foga chiqishini orzu ham qilmasliklarini aytdi

Olam

image

Avvalroq, Gruziya parlamentidagi hukmron partiya “Gruziya orzusi” tomonidan Prezident Salome Zurabishviliga qarshi impichment jarayoni boshlangan edi. Shundan so‘ng, Prezidentning o‘zi iste’foga chiqmasligini aytdi. Bu haqda u kecha, 7 sentyabr kuni Gruziya televideniyesining Birinchi kanali orqali efirga uzatilgan murojaatida ma’lum qildi.

“Men hech qayerga ketmayman. O‘ylaymanki, barcha mening iste’foyim haqidagi orzusini unutishi kerak. Men shu yerdaman, lekin kerakli joyga boraman, chunki bu mening eng oliy konstitutsiyaviy burchimdir”, deydi Zurabishvili 

Sentyabr oyi boshida hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi Zurabishviliga qarshi impichment jarayonini boshlagan edi. Davlat rahbari hukumat ruxsatisiz Yevropaga turnega chiqib, Konstitutsiyani buzganlikda ayblangan. Chunki Zurabishvili Berlinga borib, u yerda Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan ko‘rishgan va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel bilan uchrashish uchun Bryusselga yo‘l olgan. Prezident Gruziyaga Yevropa Ittifoqiga nomzodlik maqomi berilishini qo‘llab-quvvatlash uchun Germaniyaga borgan.

Gruziya konstitutsiyasiga ko‘ra, tashqi va ichki siyosatni mamlakat hukumati amalga oshiradi va agar hukumat Prezidentga ma’lum vakolatlar bergan bo‘lsa, u holdagina davlat rahbari ularni amalga oshirishi mumkin.

Konstitutsiyaviy sud Prezident qonunbuzarlik qilganmi yoki yo‘qmi, buni hal qilishi kerak. Agar sud bu faktni tasdiqlasa, masala parlament muhokamasiga kiritiladi. Impichment jarayonini yakunlash uchun qarorni deputatlarning kamida uchdan ikki qismi, ya’ni 150 nafardan 100 nafari qo‘llab-quvvatlashi kerak. Hukmron partiya hozirda atigi 82 deputatlik mandatiga ega.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Gruziya impichment Salome Zurabishvili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing