Gruziya xalqaro aviaqatnovlarni tikladi
Olam
−
01 fevral 2021
2886Gruziya Hukumati boshqa davlatlar bilan aviaqatnovlarga 10 oy oldin kiritilgan cheklovlarni bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Mamlakat Hukumati tomonidan 22 yanvarda qabul qilingan ushbu qaror bugun, 1 fevral kuni kuchga kirdi.
Allaqachon bir qator aviakompaniyalar Gruziya bilan xalqaro reyslar tiklanishini e’lon qilgan, jumladan SkyUp Airlines, FlyDubai, "Ukraina halqaro avialiniyalari", shuningdek Air Arabia i Pegasus Airlines.
Ta’kidlanishicha, Gruziyaga kelgan chet el fuqarolari koronavirusga qarshi har qanday vaksina bilan emlanganlik to‘g‘risida guvohnomaga ega bo‘lishlari kerak. BAA fuqarolari uchun istisno joriy etilgan.
AQSH, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Isroil, Shveysariya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari aholisi esa koronavirus bo‘yicha PZR-test natijalarini taqdim etishi shart.
Ma’lumot o‘rnida, Gruziyada koronavirusga chalinganlar soni 258 mingdan oshgan. 3 ming 159 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan.
LiveBarchasi