Gruziya Bosh vaziri iste’foga chiqdi

Olam

image

Bugun, 29 yanvar kuni Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qildi. Bu haqda u hukumat brifingida so‘z ochdi.

"Men jamoa bilan muhokama qilgan qarorimiz haqida jamoatchilikni xabardor qilmoqchiman. Bugun men Bosh vazir lavozimini tark etaman", degan u.

Bunday qaror sabablari haqida gapirar ekan, Garibashvili o‘tgan yil oxirida o‘zining uch yillik faoliyati yuzasidan hisobot taqdim etganini ta’kidladi. 

“Ichki, tashqi, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy inqiroz sharoitida, og‘ir davrda ikkinchi muddatda hukumat rahbari sifatida ishladim”, deydi Garibashvili erishilgan natijalardan faxrlanishini ta’kidlab.

Shuningdek, u hukmron “Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya” partiyasining asosiy tamoyillaridan biri rotatsiya ekanini qo‘shimcha qildi. 

“Jamoada muvaffaqiyatli yetakchilar ko‘p, boshqalarga ham imkoniyat berish kerak. Bundan tashqari, oldimizda yangi vazifalar turibdi, biz yozda yangi parlamentni saylaymiz, “Gruziya orzusi” esa saylovlarda ishonchli g‘alabaga tayyorgarlik ko‘rishi kerak”, deydi Garibashvili.

Uning aytishicha, hukmron "Gruziya orzusi - Demokratik Gruziya" partiyasi siyosiy kengashi uni siyosiy uyushmaga raislikka taklif qilgan. 

"Siyosiy kengashdan partiya raisligiga taklif oldim. Shu munosabat bilan 1 fevralda qurultoy bo‘lib o‘tadi", deydi Garibashvili.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yil fevralidan beri hukumatni boshqarib kelayotgan Garibashviliga partiya siyosiy kengashi yozgacha, ya’ni parlament saylovlari uchun saylovoldi kampaniyasi boshlanishiga qadar iste’foga chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilishni taklif qilgan. Lekin u o‘z lavozimini hozir tark etishga qaror qildi. 

"Yangi Bosh vazir yangi jamoani o‘z vaqtida tanishtirib, yangi hukumatni shakllantirishi muhim. Yangi Bosh vazirga omad tilayman", deya so‘znini yakunlagan Garibashvili.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, “Gruziya orzusi”ning amaldagi raisi Irakliy Kobaxidze yangi Bosh vazir bo‘ladi.

Mahalliy “Imedi” telekanali 24 yanvar kuni hukmron partiya siyosiy kengashi yig‘ilishida Kobaxidze Gruziyaning yangi Bosh vaziri, Garibashvili esa partiya raisi lavozimini egallashi haqida qaror qabul qilingani haqida xabar bergan. Kadrlar o‘zgarishi 1 fevral kuni “Gruziya orzusi” kongressida amalga oshirilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Irakliy Garibashvili Irakliy Kobaxidze

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing