Grizmanning qaysi klubga o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Oldinroq, Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann joriy mavsum yakunlangach klubni tark etishi haqida xabar bergan edik.

Xorij nashrlari futbolchining “Barselona”ga o‘tishi haqida xabar tarqatmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Kataloniya klubiga o‘tishni fransuz forvardining o‘zi xohlamoqda.

Joriy yilning 1-iyulidan e’tiboran “Atletiko” Antuan Grizmanning tovon pulini 200 million yevrodan 120 million yevroga tushiradi. “Barselona” esa mazkur mablag‘ni to‘lashga rozi. Yoki katalonlar Madrid klubiga braziliyalik Felipe Koutinoni berishi mumkin.

Joriy mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 47ta o‘yinda maydonga tushib, 21ta gol urgan hamda 10ta golga hammualliflik qilgan.

Ma’lumot uchun, Fransiyalik charm to‘p ustasi Antuan Grizmann 2014 yilda “Real-Sosedad” klubidan 30 million yevro evaziga Diyego Simeone boshqaruvidagi “Atletiko” safiga kelib qo‘shilgan edi. O‘tgan davr mobaynida futbolchi “matraschilar” bilan birga bir martadan Yevropa ligasi, UEFA superkubogi hamda Ispaniya superkubogida g‘alaba qozongan. 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Atletiko Antuan Grizmann

Baholaganlar

61

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing