Grizmann faoliyatini Saudiyada davom ettirayotgan futbolchilarning qaroriga izoh berdi

Sport

image

Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi hujumchisi Antuan Grizmann ko‘plab futbolchilarning faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirayotganiga ijobiy munosabatda. Bu haqda futbolchi “RMC Sport”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Men Saudiya Arabistoniga yo‘l olayotganlarni tushunaman – biz aql bovar qilmaydigan miqdorlar haqida so‘z ochyapmiz. Ko‘p pul topsak ham, ba’zilar o‘z farzandlari, nevaralarini boqishni istaydi, menimcha, bu normal holat. Ular yaxshi o‘ynashlari, bor iqtidorlarini u yerda ko‘rsatishlari va chempionlikni qo‘lga kiritishlari kerak bo‘ladi. Meni uch farzandim bor. Saudiyaga o‘tish bo‘yicha qaror qabul qilishim oson emas. Lekin bilasizmi, MLS mening maqsadim bo‘lib qolaveradi”, deydi Grizmann.

Grizmanning Madrid klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 25 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Grizmann Atletiko Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing