Grizmann David Vilyani ortda qoldirdi

Sport

image

La Liganing 36-turidan o‘rin olgan bahsda “Atletiko” safarda “Xetafe”ni mag‘lub etdi.

Uchrashuv 3:0 hisobida yakunlandi, madridliklar jamoasining har uchala goliga Antuan Grizmann mualliflik qildi.

Bu Grizmanning “Atletiko” safida La Ligadagi 5-xet-triki bo‘ldi. Klub uchun faqat Xose Garate (6), Adrian Eskudero (7), Xoakin Peyro (7) va Pako Kampos (8) ko‘proq o‘yin o‘tkazib, uchta gol urgan.

187 ta gol bilan Grizmann gollari soni bo‘yicha La Liga tarixida 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi. U Santilyana nomi bilan tanilgan Karlos Gonsales(186) va David Vilyadan (185) o‘tib ketdi.

Kuchli 10 talikka kirish uchun Grizmann 215 ta gol urishi kerak, La Liga rekordchilari Krishtianu Ronaldu (311) va Lionel Messi (474) hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Atletiko Antuan Grizmann

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made