Grilish “Siti”ni nima uchun tanlagan? 

Sport

image

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Jek Grilish 2020 yilda “Manchester Yunayted”ga o‘tishga yaqin kelganini tan oldi va nima uchun “Manchester Siti”ni tanlaganini ma’lum qildi. 26 yoshli futbolchi bu haqda “TheTelegraph” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Men ketishga juda yaqin edim, lekin oxir-oqibat hech narsa sodir bo‘lmadi. Biz “Yunayted” bilan mavsumoldi o‘yinida bahs olib bordik. Keyingi o‘yin, “Brayton”ga qarshi kubok bahsiga qadar klubdan ketishim kerak edi. Ammo MYUga qarshi o‘yindan so‘ng, “Aston Villa” bosh direktori Kristian Perslou va agentimga yangi shartnoma imzolashimni aytdim. Ertasi kuni itim bilan sayrga chiqdim, shartnoma imzoladim va o‘sha kuni maydonga tushdim. Biz tovon puli miqdori bo‘yicha kelishib oldik va agar biror jamoa uni to‘lashga qaror qilsa, o‘sha klub safiga o‘tishim mumkin edi. Ajoyib mavsum o‘tkazdim va “Villa” 100 million funt ishlab oldi”, deydi Grilish. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida angliyalik futbolchini “Man Siti” 100 million funtevaziga sotib olgandi.

Ma’lumot uchun, Grilish “shaharliklar” safida barcha musobaqalar doirasidagi 15 o‘yinda maydonga tushgan va 2 ta gol urib, 3 ta golli uzatman amalga oshirgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

APL Angliya Aston Villa Man Siti Man Yunayted Grilish

Baholaganlar

13

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing