Gretsiyaning so‘nggi qiroli Konstantin II vafot etdi
Olam
−
11 yanvar 2023
5378To‘qqiz yillik hukmronligi mamlakat siyosiy tarixidagi eng notinch davrlardan biriga to‘g‘ri kelgan Gretsiyaning so‘nggi qiroli Konstantin II 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, surunkali yurak va harakatlanish muammolaridan aziyat chekkan sobiq qirolning sog‘lig‘i yomonlashgan va so‘nggi oylarda u bir necha bor kasalxonaga yotqizilgan.
Glyuksburglar sulolasi vakili Konstantin otasi, qirol Pavel I ning vafotidan keyin 1964 yilda taxtga o‘tiradi. Uning hukmronligi Gretsiyaning siyosiy beqarorlikka uchragan davriga to‘g‘ri keladi. Keyinchalik uning hokimiyat tepasidagi davri 1967 yilda harbiy to‘ntarish bilan norasman yakunlandi. Natijada mamlakatda polkovniklar xuntasi diktaturasi o‘ranatiladi. Bir necha oy o‘tgach, u harbiy xuntaga qarshi muvaffaqiyatsiz guruhni boshqarganidan keyin mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi.
1974 yilda Turkiyaning Kiprdagi jangovar harakatlari fonida diktatura quladi. O‘sha yilning o‘zidayoq Gretsiyada referendum o‘tkazildi. Unda aholining 69,2 foizi mamlakatda boshqaruvning monarxiya emas, respublika shakli o‘rnatilishi tarafdori ekanligini bildirib, ovoz beradi. Shundan so‘ng, Konstantin II Gretsiya xalqining rayiga qarshi chiqa olmaydi va mamlakat tarixidagi eng so‘nggi qirol bo‘lib qoladi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi