Gretsiyaga qarashli orolda otishma bo‘ldi. Qurbonlar bor
Olam
−
01 noyabr 2025 3287 1 daqiqa
Bugun, 1 noyabr kuni Gretsiyaning Krit orolida yuz bergan otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana 10 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
“Gretsiyaning Krit orolidagi qishloqda erkak va ayol otishma oqibatida halok bo‘ldi, kamida 10 kishi yaralandi”, deyiladi xabarda.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oilaviy adovat ortidan sodir bo‘lgan. Hozirda otishma sodir etgan odamning shaxsi aniqlanmoqda.
“Krit orolida tarixdan oilalar o‘rtasidagi qonli adovatlar, qasos olish, sha’nni haqorat qilish yoki tuhmat sababli yuzaga keladigan mojarolar mavjud”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Gretsiya politsiyasining yuqori lavozimli mansabdor shaxslari, jumladan politsiya boshlig‘i va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi rahbari voqea joyiga – Kritga yo‘l olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Missisipi shtati Liland shahrida sodir bo‘lgan otishma oqibatida 4 kishi halok bo‘lib, kamida 12 kishi jarohat olgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025