Gretsiyadan tortib Ukrainagacha: dunyo hamjamiyati Turkiya va Suriyaga yordam beradi

Olam

image

Xalqaro hamjamiyat Turkiya va Suriyaga har ikki davlatda yuzlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan dahshatli zilziladan keyin yordam taklif qilmoqda. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri xabar berdi.

“Biz hamkorlarimizga tezkor yordam beramiz”, deb yozgan Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Twitter'da.

Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni ofat hududidagi vaziyatni kuzatmoqda va jabrlanganlarga hamdardlik bildirgan. Shuningdek, u yordam taklif qilgan.

Gretsiya rasmiylari Afina va Anqara munosabatlaridagi jiddiy keskinliklarga qaramay, zilzila hududiga qutqaruv guruhlarini jo‘natishga tayyorligini ma’lum qilgan.

“Gretsiya zudlik bilan yordam beradi”, deydi Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis.

Belgiya ham zilziladan keyin qutqaruv ishlariga yordam berishga tayyorligini bildirgan.

“Turkiya va Suriya xalqlari bilan birgamiz. Yevropa Ittifoqi yordam berishga tayyor”, deb yozgan Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel.

Shuningdek, Isroil hukumati ham Turkiyaga insonparvarlik yordami yuborishni ma’lum qilgan. 

“Xavfsizlik kuchlarimiz kerak bo‘lgan har qanday yordamni berishga tayyor, deydi Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant. 

Bundan tashqari, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Turkiyaga zarur yordam ko‘rsatishini aytib o‘tgan.

“Prezident Erdo‘g‘anga, turk xalqiga va Turkiyadagi zilzila qurbonlarining oila a’zolariga hamdardlik bildiraman va barcha jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilayman. Biz Turkiya xalqini bu qiyin paytda qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur yordamni ko‘rsatishga tayyormiz”, deydi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida yuz bergan zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 912 nafarga yetdi, 5385 nafar fuqaro tan jarohati oldi. O‘zbekiston ham Turkiyaga insonparvarlik yordami jo‘natishi malum qilindi.

 


Maqola muallifi

Teglar

zilzila yordam Xalqaro hamjamiyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing