Gretsiyada futbolchining jasadi hovuzdan topildi
Sport
−
10 Oktabr
4887Futbol bo‘yicha Gretsiya terma jamoasi himoyachisi Jorj Baldok 32 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Sport 24” portali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchining jasadi uning uyidagi hovuzdan topilgan. Hozirda politsiya futbolchining o‘limi sabablarini aniqlamoqda.
Baldok joriy mavsumdan beri Gretsiyaning “Panatinaikos” klubida o‘ynab kelayotgandi. Faoliyati davomida u Angliyaning “Sheffild Yunayted”, “Oksford”, “Tamvort”, “Nortgempton”, “Milton Keyns Dons” va Islandiyaning “Vestmannaeyyar” klublarida o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Qozog‘istonda MMA jangchisi Vusal Jafarovning jasadi Oqtov shahridagi 3-mikrorayonda chiqindi konteynerlari yonidan topilgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi