Gretsiyada bortida 237 yo‘lovchi bo‘lgan kema yonib ketdi 

Olam

image

Ion dengizida 237 yo‘lovchi va 50 dan ortiq ekipaj a’zosi bo‘lgan Italiyaning kruiz kemasi yonib ketdi. Bu haqda port ma’muriyatiga tayanib xabar berilgan.  

Euroferry Olympia kemasi Gretsiyaning Igumenitsa va Italiyaning Brindizi shaharlari o‘rtasida reysni amalga oshirayotgan bo‘lgan. Hodisa Gretsiyaning Korfu oroli yaqinida yuz bergan. 

Kemaga uchta patrul qayig‘i va uchta qirg‘oq qo‘riqlash kemasi yuborilgan. Ular yo‘lovchilarni evakuatsiya qilishga yordam bergan. 

Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan. Yong‘in sabablari hozircha noma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

Gretsiya kema

Baholaganlar

133

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing