Gretsiyada hukumat rahbari uzr so‘radi

Olam

image
0:00
0:00
download

Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis kecha, 9 mart kuni 57 kishining hayotiga zomin bo‘lgan poyezd halokati uchun uzr so‘rab, temir yo‘l sektoridagi ko‘p yillik kamchiliklarni bartaraf etishga va qurbonlar oilalarini qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.

“Men mamlakatni yillar davomida boshqarganlar nomidan va shaxsan o‘z nomimdan ochiqdan-ochiq uzr so‘rashimni yana bir bor ta’kidlamoqchiman. Men javobgarlikni o‘z zimmamga olaman”, deydi Mitsotakis.

Ta’kidlash joizki, poyezd halokati jamoatchilikning konservativ hukumat va siyosiy tizimga qarshi noroziligini keltirib chiqardi. Bu esa temir yo‘l kasaba uyushmalarining ish tashlashlariga sabab bo‘ldi. Ular raqamli xavfsizlik tizimlarini o‘rnatish va ko‘proq xodimlarni yollash haqidagi chaqiriqlari bir necha bor e’tiborsiz qoldirilganidan norozilik bildirdi.

“Biz u yerda, o‘sha poyezdda bo‘lishimiz mumkin edi. Biz shunchaki turib, hech narsa bo‘lmagandek o‘tib ketolmaymiz”, deydi norozilik namoyishlariga chiqqan 23 yoshli Aria Laska.

Eslatib o‘tamiz, Gretsiyada poytaxt Afinadan shimoliy Saloniki shahriga ketayotgan,  asosan talabalar bo‘lgan yo‘lovchi poyezdi yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketgan, oqibatda 57 kishi halok bo‘lgan edi. Poyezdlar to‘qnashuvi ortidan transport vaziri Kostas Karamanlis iste’foga chiqqan edi. Mazkur falokat xalqning g‘azabini qo‘zg‘atgan va 10 minglab kishilar mamlakat bo‘ylab namoyishga chiqqan. Keyinchalik Larissa shahrida temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i ehtiyotsizlik tufayli odam o‘ldirishda ayblanib, qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Gretsiya namoyish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing