Gretsiya qirg‘oqlarida ag‘anab ketgan kemada 300 dan ortiq pokistonlik halok bo‘ldi

Olam

image

Gretsiya qirg‘oqlari yaqinida baliq ovlash kemasining cho‘kib ketishi oqibatida 300 dan ortiq Pokiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda SNN nashri xabar berdi.

Unda aytilishicha, Pokiston Senati raisi Muhammad Sodiq Sanjrani kecha, 18 iyun kuni qilgan bayonotida bu raqamlarni oshkor etib, halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.

“Bizning duolarimiz ular bilan. Vafot etganlarning ruhlari abadiy tinchlik topishini tilaymiz. Ushbu halokatli voqea noqonuniy odam savdosining jirkanch harakatiga qarshi kurashish va qoralash zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi”, deydi Sanjrani.

Gretsiya rasmiylari esa halok bo‘lganlar sonini hali tasdiqlamagan.

Shuningdek, xabarda Bosh vazir Shahboz Sharif bugun, 19 iyun kunini qayiq cho‘kishi oqibatida halok bo‘lganlar uchun milliy motam kuni deb e’lon qilishga undab, voqea bo‘yicha yuqori darajadagi tergov o‘tkazilishini aytgan.

“Xalqni ishontirib aytamanki, o‘z burchlariga beparvolik qilganlar javobgarlikka tortiladi. Bir nechta jarayondan so‘ng javobgarlar aniqlanadi va choralar ko‘riladi”, deydi Bosh vazir.

Ma’lumot uchun, Pokiston davlati o‘zining so‘nggi o‘n yilliklardagi eng og‘ir iqtisodiy inqirozini boshidan kechirmoqda. Janubiy Osiyodagi 220 millionlik aholiga ega mamlakatda o‘tgan yil davomida iqtisodiy o‘sish to‘xtab qolishi ortidan inflyatsiya ko‘tarilgan edi. Bugungi kunda mamlakat muhim oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda qiynalmoqda. Buning ortidan pokistonliklar xavfli yo‘llar bilan bo‘lsada, Yevropaning turli hududlariga yaxshi kelajak izlab ketmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Gretsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing