Gretsiya Bosh vaziri qarorgohida yong‘in chiqdi
Olam
−
20 yanvar
2758Bugun, 20 yanvar kuni Gretsiya Bosh vaziri qarorgohi bo‘lgan Maksima saroyida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Gretsiya Iqlim inqirozi va fuqarolik muhofazasi vazirligi xabar berdi.
“Bugun ertalab Maksima saroyining birinchi qavatidagi qo‘shni omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi. O‘chirishda 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipajidagi 24 nafar o‘t o‘chiruvchi ishtirok etdi. Yong‘in tezda bartaraf etildi, faqat kichik moddiy zarar yetgan”, deyiladi vazirlik xabarida.
Aniqlik kiritilishicha, voqea vakolatli tergov bo‘limi tomonidan tekshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Sulton Abdulhamid yashagan saroyda yong‘in chiqqan edi.
LiveBarchasi