Grenlandiyanining taxminiy narxi aytildi

Olam

image

Tabiiy resurslarini hisobga olgan holda Grenlandiyaning taxminiy qiymati 1 trillion dollargacha yetishi mumkin, biroq AQSH Daniyaga orol uchun 70 milliard dollardan ortiq taklif qilishi ehtimoldan yiroq. Bu fikrni Stolipin nomidagi Iqtisodiy o‘sish instituti ijrochi direktori Anton Sviridenko TASS bilan suhbatda bildirdi.

Mutaxassisning eslatishicha, 1946 yilda AQSHning 33-prezidenti Garri Trumen Grenlandiyani 100 million dollarga sotib olishni taklif qilgan. Bu juda kichik summa, chunki orolning faqat tabiiy resurslarigina 4 trillion dollarga baholanadi.

“Shu sababli Grenlandiyaning real narxi 1 trillion dollardan yuqori. Bu esa Qo‘shma Shtatlar to‘lashni istamaydigan summa”, deydi Sviridenko.

Ekspertning fikricha, Grenlandiya masalasida “oddiy majburan tortib olish” ssenariysi ham ishga tushishi mumkin. Shu bilan birga, u Grenlandiyani kuch bilan egallashga nafaqat Yevropada, balki AQSHning o‘zida ham qarshilar borligini qayd etgan.

Ma’lumot uchun, Rossiya imperiyasi 1867 yilda Qo‘shma Shtatlarga Alyaskani 7,2 million dollar evaziga sotib yuborgan. Bu summa 2024 yil narxida taxminan 132 million dollarga teng. O‘sha yilning 15 mayida AQSH Senati 30 mart kuni imzolangan ikki tomonlama shartnomani ratifikatsiya qilgan va Amerika suvereniteti 18 oktyabr kuni butun hudud bo‘ylab huquqiy jihatdan kuchga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa davlatlari Grenlandiya masalasida AQSH bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri qarama-qarshilikka tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Grenlandiya Anton Sviridenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing