Green Card uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandimi?
Jamiyat
−
04 dekabr 6753 1 daqiqa
2027 yilgi Green Card uchun ro‘yxatdan o‘tish hali boshlanmagan. Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, DV-2027 uchun ro‘yxatdan o‘tish allaqachon boshlangani haqidagi yolg‘on ma’lumotlar, shuningdek, g‘olib bo‘lish imkoniyatini oshira olishini da’vo qiluvchi shaxslar va xizmatlar haqida xabarlar tarqalgan. Biroq bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
“DV-2027 uchun ro‘yxatdan o‘tish muddatlari va bu yilgi ariza topshirish jarayonidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniq bo‘lishi bilan Davlat departamenti tomonidan e’lon qilinadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham AQSH Davlat departamentining Diversity Visa – DV-2027 (Green Card dasturi) lotereyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlangani haqida yolg‘on xabarlar tarqalayotgani ma’lum qilingandi.
Live
Barchasi