Grant yoki kontrakt: Abituriyentlarga qo‘shimcha imkoniyat berildi
Jamiyat
−
24 iyun 2021
18765O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.
Qarorga muvofiq:
- 2021-2022-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;
- Abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat beriladi.
Buning uchun abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida tanlov uchun ustuvorlik sifatida “davlat granti” yoki “davlat granti va to‘lov-kontrakt”dan birini tanlash imkoniyati yaratiladi.
Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:
- Davlat grantini tanlasa - dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;
- Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tanlagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023