G‘oyibnazarov profboksdagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi

Sport

image

Kecha, 6 noyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida professional boks oqshomi o‘tkazildi. Markaziy jangda ringga chiqqan O‘zbekiston vakili Fazliddin G‘oyibnazarov mag‘lubiyatga uchradi.

Birinchi o‘rta vaznda 10 raundlik jangda G‘oyibnazarov rossiyalik sobiq jahon chempioni Rajab Bo‘tayevga qarshilik ko‘rsatdi. 4-raundga kelib o‘zbekistonlik sportchi jangni davom ettira olmadi va texnik nokaut evaziga mezbon bokschining qo‘li baland keldi.

Minimal vaznda Hasanboy Do‘smatov janubiy afrikalik Sifamandla Balenini mag‘lub etib, profboksdagi 6-g‘alabasiga erishdi.

Yarim o‘rta vaznda ikki o‘zbekistonlik o‘zaro to‘qnash keldi. Botir Ahmedov 3-raundda Muhammadsalim Sotvoldiyevning olgan jarohati tufayli bahsni davom ettira olmagani hisobiga g‘alabaga erishdi. 

Shuningdek, profboks kechasi doirasida o‘zbekistonlik Timur Nikulin ishtirokida media jang ham bo‘lib o‘tdi. Bahsdda Nikulin rossiyalik raqibi Ibragim Islomovning 3-raundda jangdan bosh tortgani sababli g‘olib bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Hasanboy Do'smatov Botir Ahmedov Fazliddin G'oyibnazarov Sifamandla Baleni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made