“G‘oyib bo‘lgan” Xitoy Tashqi ishlar vaziri vazifasidan ozod qilindi
Olam
−
25 iyul 2023
9270Qariyb bir oydan buyon omma oldida ko‘rinish bermayotgan Xitoy Tashqi ishlar vaziri Sin Gan vazifasidan ozod qilindi. Bu haqda mamlakat parlamentining maxsus qarori e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi tashqi ishlar komissiyasi devonxonasi rahbari Van I yangi vazir sifatida tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Sin Gan oxirgi marta joriy yilning 25 iyun kuni Rossiya, Shri-Lanka va Vetnam rasmiylari bilan uchrashuv o‘tkazganida omma oldida ko‘rinish bergan.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin 11 iyul kuni Sin Gan “sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli” ASEAN tadbirlari uchun Jakartaga borolmayotganini aytgan. Shu munosabat bilan Van I Xitoy nomidan uchrashuvlarda qatnashgan.
Avvalroq vazirning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo tufayli, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverlining Xitoyga safari ham noma’lum muddatga qoldirilgandi.
LiveBarchasi