Britaniya Tashqi ishlar vazirining Xitoyga safari qoldirildi

Olam

image

Britaniya Tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli xitoylik mavqedoshi Sin Gan jamoat maydonida ko‘rinmay qolgani sababli Xitoyga safarini noma’lum muddatga qoldirdi. Bu haqda kecha, 21 iyul kuni nomi oshkor etilmagan manbalarga tayanib, “Bloomberg” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kleverlining tashrifi dastlab iyul oxiriga rejalashtirilgan edi. Ikki manbaga ko‘ra, Xitoy Tashqi ishlar vazirining yo‘qligi Kleverlining safarini keyinga qoldirishiga asosiy sabab bo‘lgan.

Aytilishicha, ikkala tomon ham yuqori lavozimli amaldorlar uchrashuvi uchun muqobil sanalarni izlash bilan band. Biroq Britaniya Tashqi ishlar vazirligi holatga izoh berishdan bosh tortgan.

Ma’lumot uchun, Sin Gan oxirgi marta 25 iyun kuni Rossiya, Shri-Lanka va Vetnam rasmiylari bilan uchrashuv o‘tkazganida omma oldida ko‘rinish bergan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin 11 iyul kuni Sin Gan “sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli” ASEAN tadbirlari uchun Jakartaga borolmayotganini aytgan. Shu munosabat bilan Van I Xitoy nomidan uchrashuvlarda qatnashgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Jozep Borrelning ham Xitoyga safari qoldirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya Kleverli Tsin' Gan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing