Gorbachyovning sog‘lig‘i yomonlashayotgani aytildi

Olam

image

SSSRning sobiq Prezidenti Mixail Gorbachyov taxminan uch yildan beri shifoxonada davolanmoqda. U kuchsizlanib boryapti. Bu haqda iqtisodchi, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi Ruslan Grinberg "Zvezda" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar berdi “Gazeta”.

Ruslan Grinbergning ta’kidlashicha, 91 yoshli Mixail Gorbachyovning oila-a’zolari va do‘stlari tez-tez uning ahvolidan xabar olib turadi. Gorbachyov qandli diabet, buyrak muammosidan aziyat chekmoqda. 

“U kuchsiz. Kamdan-kam hollarda o‘rnidan turadi. Unutuvchanlik bor”, deydi iqtisodchi.

Shuningdek, SSSRning sobiq Prezidenti taxminan uch yildan beri shifoxonadaligi aytildi.

“U yerda sharoit yaxshi. Doktorlar unga yaxshi qarashadi va u bunga juda o‘rganib qolgan”, deydi Grinberg.

Biroq, Gorbachyov jamg‘armasi vakili Vladimir Polyakov Mixail Gorbachyovning sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi.

Avvalroq, “Mash” Telegram kanali SSSR sobiq Prezidentining buyragida muammo borligi haqida xabar bergan edi. Unga ko‘ra, uning ahvoli vaqti-vaqti bilan yomonlashadi. Sobiq Prezidentning aniq tashxisi ochiqlanmagan.

Mixail Gorbachyov 1990 yil 15 martdan 1991 yil 25 dekabrgacha SSSRning birinchi va oxirgi Prezidenti bo‘lgan. Bundan tashqari, u KPSS Markaziy Qo‘mitasining oxirgi Bosh kotibi va SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining raisi lavozimlarida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Mixail Gorbachyov

Baholaganlar

908

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing