Gorbachyovning ahvoli og‘ir
Olam
−
10 avgust 2019
29073Mixail Gorbachev oxirgi olti oy davomida kasalxonada yashadi. Bu haqda "Nash" telekanalida aytib o‘tildi.
“SSSRning birinchi va yagona Prezidentini kasalliklar qiynab yubordi. Bu ayniqsa so‘nggi ikki yil ichida”, dedi "Exo Moskva" radiostansiyasining bosh muharriri Aleksey Venediktov.
Venediktovga ko‘ra, ular vaqti-vaqti bilan restoranda uchrashib, pivo ichadi. Bundan tashqari, uchrashuvlarning tashabbuskori Gorbachyovdir.
“Bu sudrab yurish. Ammo "tunnel oxiridagi yorug‘likni" ko‘rdim deb aytish juda erta. U hali ko‘rinmayapti”, deya ishontirgan 88 yoshli siyosatchi.
Mixail Gorbachev muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi: bu haqdagi yangiliklar 2001 yildan beri berib boriladi. SSSR tarixida yagona Prezident bo‘lgan Mixail Gorbachyov o‘z lavozimida 1985 yildan 1991 yilgacha ishlagan.
LiveBarchasi