Gorbachyov Lukashenkoning xatosini ko‘rsatdi
Olam
−
19 avgust 2020 19804 1 daqiqa
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda yuzaga kelgan vaziyatda o‘z tarafdorlariga murojaat qilishda kechikkan. SSSR sobiq Prezidenti Mixail Gorbachyov Belarusdagi vaziyatga munosabat bildirib, shunday fikr bildirdi.
“Lukashenko sanoat korxonalari ishchilariga qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab, murojaat qildi. Aftidan, kechka qoldi”, degan Gorbachyov.
SSSR o‘zining so‘nggi kunlarini yashayotganda u o‘zi ham mehnatkashlarga murojaat qilganini ta’kidlab o‘tdi.
“Kerakli yordam bo‘lmagandi. Barchasini ishchilarga ag‘darishga menda moyillik yo‘q”, deya tan olgan Gorbachyov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarusda yuz berayotgan voqealarda chegaraning ta’siri bilinyapti. Gorbachyov SSSR Prezidenti lavozimidan parchalanish va ichki urushlardan qochish uchun ketganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Belarus prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz ovoz olgan, ikkinchi o‘rindagi Svetlana Tixanovskaya 10,12 foiz ovoz olgan. Muxolifat bu natijalarni tan olishdan bosh tortdi.
Saylovlar tugashi bilan mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi. Dastlab kuchishlatar tuzilmalar uni bostirish va tarqatishga urindi. Aksiya ishtirokchilar kaltaklandi. Ammo keyinroq aholiga kuch ishlatish to‘xtadi, namoyishlar esa hamon davom etyapti.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025