Google O‘zbekistonga QQS to‘lashni boshladi
Jamiyat
−
24 aprel 2020
8189O‘zbekiston Google, Netflix, Apple kabi dunyoga mashhur kompaniyalardan qo‘shimcha qiymat solig‘i undirish bo‘yicha platformani ishga tushirdi. Hozirgacha Google soliq to‘lovini amalga oshirib bo‘ldi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Soliq kodeksi bilan 2020 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorijiy kompaniyalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lash joriy etildi.
O‘zbekistonda bunday kompaniyalarni ro‘yxatga olish uchun Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan maxsus xizmat – Internet-kompaniyalarning QQS-ofisi – tax.uz portali ishga tushirildi.
Bugungi kunga qadar QQS-ofis orqali O‘zbekistonda 9 ta xorijiy kompaniyalar ixtiyoriy soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Ular:
• Google Commerce Limited;
• Google Ireland Limited;
• Google Voice Inc;
• Apple Distribution International Limited;
• Netflix International B.V.;
• Samsung Electronics Co., Ltd.;
• Sleverbridge AG;
• Xsolla (USA), Inc.;
• Activision Blizzard International BV.
QQS bo‘yicha birinchi to‘lov “Google Commerce Limited” kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Kompaniya joriy yilning I-choragi yakunlariga ko‘ra davlat byudjetiga 85 ming yevro miqdorida mablag‘ to‘ladi.
Ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tish, chet el korxonalari (kompaniyalar) o‘z imidjiga putur yetkazmaslik bilan bir qatorda hududida pullik xizmat ko‘rsatayotgan davlatning qonunlarini xurmat qilishlarini bildiradi.
Hozirda mamlakatda ham elektron tijorat tezkorlik bilan rivojlanayotganligini inobatga olib, bunday ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tish va soliqlarni to‘lash mahalliy tadbirkorlar uchun ham yaxshi namuna bo‘ladi.
Davlat soliq qo‘mitasiga QQS-ofisi orqali ro‘yxatdan o‘tish uchun xorijiy kompaniyalardan arizalar kelib tushishi davom etmoqda.
LiveBarchasi