Google rus propoganda quroliga taqiq qo‘ydi

Texnologiya

image

Google o‘z platformalari va ilovalari, jumladan, YouTube’da hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan Rossiya ommaviy axborot vositalari uchun monetizatsiyani to‘xtatmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

YouTube vakillari “favqulodda vaziyatlar”ga tayanib, videoxosting “YouTube’dagi bir qator kanallarni monetizatsiya qilish imkoniyatini to‘xtatib qo‘yishini” aytgan.

Keyinchalik Google Rossiya davlat ommaviy axborot vositalariga veb-saytlar va ilovalarda daromad olish uchun o‘zining reklama texnologiyasidan foydalanishni ham taqiqlaganini qo‘shimcha qildi.

Bundan tashqari, Rossiya ommaviy axborot vositalari Google Tools orqali reklama sotib ololmaydi yoki qidiruv va Gmail kabi Google xizmatlarida reklama joylashtira olmaydi.

“Biz yangi ishlanmalarni faol kuzatib boramiz va kerak bo‘lganda keyingi qadamlarni qo‘yamiz”, degan kompaniya vakili Maykl Aciman.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Facebook’ga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi Rossiya davlat ommaviy axborot vositalariga reklama va monetizatsiya qilishni taqiqlaganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Google

Baholaganlar

397

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing